Бош сахифа » 2014 » Декабрь » 21 » Масофалар турмушга қарши бўлса...
08:30
Масофалар турмушга қарши бўлса...

Assalomu alaykum Sayyod.com jamoasi va muhlislari. Mana 4 yildan ko'proq vaqtdan bo'libdiki sizlar 

bilan birgaman va bundan shodman. Bugun menga beradigan maslahatingiz esa hozir men uchun 

qimmatli ahamiyatga ega. Buning uchun esa sizdan qimmatli vaqtingiz va ozroq etiboringizni so'rayman. 

 

Oliy ma'lumotliman, yoshim 22 da. 2 yildan beri ishlayman. Ollohga shukurki oilam tinch, yaqinlarim 

yonimda salomat, hayotimdan hech ham nolimayman. Lekin hozirgi kunga kelib umr yo'llarimda uchragan 

muammoni yecholmay halakman. Gap shundaki bir yigit bilan bir yildan beri ahdlashganman. Uni 3-

kursligimdan taniyman. Tasodifan tanishib qolgandik, onda-sonda telefon qib turardi usha paytlarda. 

Doim uchrashuv taklif etar, men esa u bilan uchrashish haqida xayolimga ham keltirmas edim. U 

poytaxtda mendan bir kurs pastda uqirdi, men esa viloyatda o'qir edim. O'quv yili yakunlangan kunlarning 

birida uyga qaytayotganini aytib ko'rishishni taklif etdi. Ushanda uni butunlay rad etib, yoki yoqtirganing 

bormi degan savolini ham javobsiz qoldirdim.

 Keyin u 1 yildan ortiq vaqt jimib ketdi. .

 

Men uqishni bitirib ishga kirib oldim. Tasodifiy kunlarning birida u bilan internetda gaplashib qoldik, 

to'g'rirog'i o'zim yozdim. Keyin u yana telefon qila boshladi. Gaplashib turardik. To'g'risi sevgan insonim 

ham, menga tel qib turadigan o'tkinchilar ham bor edi. Uni qo'ng'irog'i, uzi, menga hech qanday ahamyat 

kasb etmasdi. Sevganim bilan munosabatlarimiz yaxshimas, chunki munosabatlarimiz bir tomonlama 

edi... Sevgan insonim bilan hech qanday umid yo'qligiga ko'zim yetgach, uni tark etdim. 2 yildan ortiqroq 

bo'lgan sof tuyg'ularimga nuqta qo'ydim, va boshqa qaytmadim. . .

 

2 oycha oradan vaqt utdi. Haligi yigit haliyam tel qib yurardi. Uning suhbatlari, gap-so'zlari menga yoqardi, 

lekin ushanda ham uzog'i bn 4, 5 daqiqadan so'ng telni qo'yishga bahona izlardim. Bir kun u menga meni 

yoqtirishini, usha 3-kursligimdan beri bu tuyg'ulari borligini aytdi, odatdagidan uzoq so'zladi. Nimagadir 

uni shunchaki tel qib yuradi deb o'ylardim. Jiddiy masaladagi so'zlarni eshitishni yoqtirmaganim uchun, 

hammasini rostini so'zladim. Sevganim buganini a lekin u tomondan hech qanday munosabat 

bumaganini, urtada faqatgina uzim qiynalganim qoganini, nima bulganda ham endi ortga qaytmasligimni, 

lekin unitishim qiyin bup azob chekayotganimni birinchi marta aytib berdim. Bu orada ishim yuzasidan 

poytaxtga 3kunga ketadigan bup qoldim.U meni kutib oldi. Ketgunimcha yonimda bo'ldi, ushanda ham 

sheriklarim yonida rosa xijolat bo'lib, yonimdaligini xushlamay yurdim.

 Munosabatlarimiz yaxshilanib ketdi, uzoq o'ylab unga rozilik bildirdim..

 

Boshqalardan sovchilar kela boshladi qaytardim, niyatimni uydagilarga bildirdim... Ular norozi bo'lishdi. 

Sababi ular bilan bir viloyatdan bo'lsakda, boshqa boshqa tumandanligimiz, masofa uzoqligi , va 

millatchilik! Shunda ham shu paytgacha kelganlariga yuq deb shunga xop deyotganim uchun mayli aytchi 

bir kelishsin deyishdi. Ularni kep ketishi dada buvimni og'irlashib qogan kunlariga tug'ri kep qoldi. 

Suhbatlari u qadar qovushmadi. Hamma ota tomon qarindoshla buvimni og'ir bup qoganlariga uylariga to 

olamdan utgunlariga qadar( joylari jannatda bo'lsin,) bir qadam ham jilishmadi. Bizni uyga sovchilarni 

kelishi munosabatiga,( hali taziya bup qomagandi) dadam opalari va akalariga maslahat soldilar, ularni 

kelishi kuni ammam va amakimni ham taklif etdilar. Ular kelishmadi, lekin ota tomon qarindoshlar, kim 

buvimi uylariga kelgan bulsa hammalari eshitishdi... Ammalarim, amakim sekin chaqirib bu fikrimdan 

qaytishimni surashdi. Buvim olamdan utdilar, usha kecha hali chiqarmaslaridan 4 ammam onalarini 

tepasida ohu nola qilayotgan bir paytda onam ham olamdan utgan onalarini eslab chidolmay yig'lab 

chiqib ketdilar. Shunda bir ammam "ko'rdingmi Onani iztirobi qanchalar og'ir, san onangga bir qizsan, 

kasalida, sog'ida. San qachon usha bolaga turmushga chiq, qachonki hech ilojing qolmaganda! 

Menimcha ilojsiz bo'lmasang kerak hali!" dedilar. Usha aytilgan gap haliyam qulog'im ostida jaranglaydi.

 

 Sardor aka, hurmatli xatimga ko'z yuritayotgan hamdardim. Sizlardan so'rayotgan maslahatim 

shundan iboratki shu kecha kunduzda ota-onamga ma'qul bo'lgan bir oiladan surashyapti meni. Men esa 

hali hamon arosatda... Chunki xop deb quyganim, juda go'zal fazilatlar egasi, shu paytgacha ko'nglimni 

og'ritganini eslolmayman, meni aybim deb tortishib qolgan taqdirimizda ham sabr bilan xatoimni 

tushintiradi, har qanday vaziyatga shu paytgacha unga suyanib kelganman. Uylab ish yuritishi, uylab 

gapirishi, mardligi asosiysi meni sevishi va eng hurmat qilgan tamonim uni hech qachon hayotdan 

noliganini yoki ilojsizlik haqida gapirganini eslolmayman. U hamma narsani ilojisi bor, hamma orzu 

qilingan niyatlar harakatga yarasha amalga oshadi deydi va meni shunga undaydi. hamma narsani yaxshi 

tomonini ko'rishga harakat qiladi va hayotdan kutadigani ham shunga yarasha harakatiyam kop. Undan 

kop narsani urganganman, urishib haftalab arazlashib qolganimni eslolmayman, u borki ko'nglim xotirjam 

keljagimdan umidlarim katta edi. Hozir poytaxtda yaqinda ishi hal bulib yaxshi bir joyga ishga kiryapti va 

usha yerda uz faoliyatini davom ettirmoqchi. Akasi yangasi jiyanlari bilan ancha yildan beri shu yerda 

yashab, uyga qatnab turadi.

Menda esa vaziyat butkul boshqacha. Barcha yaqinlarim bu fikrimizga qarshi. Kimdan sekin maslahat 

so'rasam o'ylab ko'rsang bo'lardi. Uzoq joy, begonalar orasida. Onamning, har gapirganlarida shu 

mavzudagi so'zlari og'ir botadi, o'ylab qolaman. " Axir menga bittasan, o'qitdik, sog'ligim bor, kasalim bor, 

kelin qiz bo'larmidi, hayot sen uylaganchalik oson emas, hozir yoshsan bilinmasligi mumkin a 

qariganingda joningga oro kiradigan og'a ining, to'y bor , maraka bor, hayot bir tekisda kechmaydi, men 

ham senga umirbod emas.."

 

Oxirgi 2 kunda o'ylovlarim shu darajaga yetdiki 1 haftaga bormay taqdirim hal buladigan bo'p turibdi. 

Hozir tunda xat yozyapmanu boyagina dadamga ertaga keladigan sovchilaga xop deb yubormang, men 

yana ozgina o'ylab olay deb imkon so'radim.. To'g'ri hayot murakkab. Kutilmagan holatlar bo'lishi mumkin. 

Noroziliklar kop bo'lganigami yuragimning bir burchagi "Xato qilyapsan...! " deyapti, balki xudo yuragimda, 

tavakkal qilishim kerakdir axir ota onam yomon busin deyishmayaptilarku, yaxshi oila deyishyapti 

hammasi yaxshi bup ketar... Unga aytganimda menga "nima seni Marsga op chiqib ketmayapmanku, 

voximangga qara, uzing tushingan qizsanku vaziyat bo'ldimi uyingga borib kelaverasan, hammasi yaxshi 

bo'ladi asosiysi yaxshi bo'lishiga va menga ishonsang bo'lgani deydi". Shunga sizlardan ham maslahat 

so'ramoqni joiz topdim. Sardor aka, oldindan qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzir, etiboringiz uchun 

esa minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Chin maslahatini ayamay harf tergan barcha sayt azolariga esa 

cheksiz tashakkurimni izhor etaman.Hayotda hammaga chinakkam baxt tilayman!

Saytda nomamni yoritilishiga ko'makdoah bo'lgan Shahloga alohida raxmat..

 


 

Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.       

sayyod@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки  (+99894) 644-67-11 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин ёки шу номерга вацап.  

Диққат! Сайтга чоп этилиб бўлинган мактуб кейин талабга биноан олиб ташланилмайди! Воқеангиз сайт орқали кенг оммага чиқиши ва халқдан турли маслахатлар бўлишини билиб туриб жўнатдингизми, ўзингиз кутмаган ва ёқтирмаган маслахатни олиб кейин олиб ташланг дейиш мантиқсиз!       

Бўлим: Muhlis Minbari | Кўрилган: 10532 | Чоп этди: Sayyod | Теглар: Yakshanba-Muhlis minbari

Нравится
Барча изохлар: 30
1 Bek8111   (21-Дек-2014 09:30) [Материал]
Кийин масала! Танлов узингизники. Бир нимадан воз кечмасангиз, бир нимага эришолмайсиз. шундай карор кабул килингки узингиз вакт утгач афсусланмайдиган булинг. Маслахат бериш осон. Танаси бошка дард билмас дейишадику. Якинларингиз билан яна бир бора маслахатлашинг. Умр савдоси кийин масала.

2 MOHINUR   (21-Дек-2014 09:40) [Материал]
Kunglingizga quloq tuting, yagona qizligingiz uchun ota onangiz sizdan uzoqlashishni hohlashmebdi keyinchalik kunikib qolishadi 

3 zaya   (21-Дек-2014 10:13) [Материал]
Hayot siznikiku. Unda ham yashaydigan siz, ota-onangiz emas. Ertaga (Xudo kursatmasin) usha siz bilmagan, tanimagan INSON bn Hayotiz uxshamay qolsa, keyin nima buladi?
SEVGAN insoningiz uzi kelib, ota-onangiz bn gaplashib, ularni uzi rozi qilar? 
Nima bulganda ham Sizga mehribon Allohimdan Baxt hamda Omad surayman)))

4 Dildora   (21-Дек-2014 11:34) [Материал]
Ikkala tarafni ham sorap suriwtirib yahwlap öylen. Oilasini suriwtirin, ayniqsa qaynonani. Qaynonani roli juda kotta ogil yahwi bosayu, qaynona bemehr bosa, qizgansa qiyin boladi

5 takeshimangada   (21-Дек-2014 13:26) [Материал]
Juda murakkab masala. Biror nima deyish qiyin.

6 muhlis   (21-Дек-2014 14:28) [Материал]
Albatta maslahat berish oson, yaxshimi-yomonmi yoki to'grimi-noto'grimi, shuning uchun bulardan hulosa chiqargan holda, oxirigi tanlov siz va yaqinlaringizniki bo'lishi kerak. Siz haqiqatdan ham chin yurakdan sevasimi ularni, keyin ularni ham sevgisiga ishonasizmi? To'gri gapni yozibsiz, ota-ona hech qachon farzandiga yomon bo'lsin demaydi. Qolaversa agar ular tushungan va mulohazali bo'lsa, ko'p hollarda ular haq bo'lib chiqadi. Yoshlar aqlli va uzoqni ko'ra oluvchi bo'lishi mumkin, ammo ularda hayotiy tajriba etishmaydi. Qiziq fact, nega sevgan insoningizni sovchilari yana kelishmadi, balki ular yana kelganida maslani bafurja echimini topish mumkin bo'lar edi. Ahir yozibsizku oldingi safar sevgilingizni sovchilari bilan suhbat uncha qovushmadi deb, buvingizni kassaligi tufayli. Meni o'ylashimcha, ular yana bir bor sovchilikka kelishsin, ota-onasi, keyin yigit ham iloji bo'lsa ota-onangiz bilan uchrashsin. Balki ot-onangizga ma'qul bo'lsa vaziyat sizlar hohlagan tarafga o'zgarar. Ammo shunda ham vaziyat siz o'ylaganday bo'lmasa, unda ota-onangiz hohishiga qarab ish tutganingiz ma'qul bo'ladi.

7 Hayrulla   (21-Дек-2014 14:29) [Материал]
Manimcha ota onangiz tanlagan yigitga turmushga chiqishga o'ylanyapsiz,demak bu tavakkal,lekin turmushda tavakkal qilish har doim ham foydali bo'lmasligi mumkin.Shunday ekan hammasini o'zingiz vaziyatga qarab baxolaganinggiz ma'qul...

8 Hilol92   (21-Дек-2014 14:37) [Материал]
to'risi maqolaga uncha chunmadim.

9 Abdushka   (21-Дек-2014 14:52) [Материал]
Bu dunyoda nimaiki bo'lmasa hammasi yaxshilikka demak shunday bo'lishi kerak bo'lgan ekanki bo'libdi ona onangizni gapiga kirsangiz ikki dunyo saodatini topasiz

10 Ahat   (21-Дек-2014 14:54) [Материал]
Diniy taraflama solishtirin qaysi biri togri kelsa oshanisiga rozilik bering !!! Sevgi otkinchi !!!!

11 Ғолиббой   (21-Дек-2014 17:10) [Материал]
Ман фикрим синглим севганизга турмушга чикинг.Ман севганимга уйланганман худога шукур хаётим зур бахтлиман.курмаган билмаган одамга турмушга чикиб эртага афсус килиш ёмон нарса.Умр савдоси кийин масала чунки инсон хаётга бир марта келади.Масофа мухиммас бахтли яшайиз булдида канча кизла чет элга турмушга чикишган.ман сизни севганиз билан бахтли яшашийизга тилакдошман.

12 Shahina   (21-Дек-2014 20:04) [Материал]
Salom,ko'pchilik ota-onam aytgan yigitga tegsam yoki onam topgan qizga uylansam baxtli bo'laman deb o'ylaydi.Bu to'ygacha bo'lgan o'ylar.To'ydan keyin esa qalbimga quloq solsam bo'lar ekan degan fikrga keladi. Hech kim erta nima bo'lishini bilmaydi,shuning uchun qalbingizga quloq soling degan bo'lardim.Shu yigit sizni sevsa,marsga olib ketsa ham sizni baxtli qilish uchun, qo'lidan kelganini qiladi deb o'ylayman.Turmush qurgandan keyin ham sevib, sevilib yashahsga nima yetsin.O'zingiz tanlagan yigitni oilasi haqida,onasi to'grisida surishtirish haqida yozishibdi ,bu ham albatta to'g'ri maslahat.Ota -onam aytgan oilaga tavakkal qilsammi debsiz,aslida tanlagan yigitiz bilan ham oila qurishingiz tavakkalga kiradi,sababi ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi.Shuning uchun niyatni yaxshi qiling,Allohga tavakkal qiling.Allohdan baxtizni so'rang,so'raganga albatta beraman degan.Xudo xohlasa,ko'ngil qo'ygan yigitiz bilan baxtli bo'lasiz.Ota-onangizga dillarini og'ritmasdan,chiroyli tushuntiring.

13 mekhrishafate   (21-Дек-2014 22:02) [Материал]
Sevganizni tanlang. Chunki uni qanaqaligini bilasiz hech bolmaganda 80 foiz. Ota-onayiz aytayotgan odamlarni bilmaydiz. Qanday yashab ketasiz? Hayotda har xil vaziyat noladi. Yaqinga tushib uzoqda yashash yoki aksi. Shuning uchun yuragizga quloq soling. Qarindosh ota ona hech qachon sizga baxt yaratib berolmaydi oziz yaratasizvuni. Keyin siz yashaysiz ular emas. Ishoning menga eng kop aziyat siz chekasiz hsyotiz oxshamasa.

14 feya   (21-Дек-2014 23:21) [Материал]
sevganizni tanlang...chunki turmuw quriwda sevgi bo'lmasa hayot qiyinchiliklari ko'p bo'ladi. masalan bir birini chunmaslik, o'zaro hurmatning yo'qligi va hk. Siz Marsda yawasezam asosiysi BAXTLI bo'lsez bo'ldi...

15 abubabu892   (22-Дек-2014 00:13) [Материал]
OLDIZDGI MUOMMOGA PSIXOLOGIK YONDAWIP UNI MUOMMO EMAS BALKI  IKTA AJOIB IMKONIYAT DIB QABUL QILIN WUNDA QAROR QABUL QILIW ONSON KECHADI.

16 komolovu   (22-Дек-2014 00:44) [Материал]
Agar sevganiz siz ta'riflagancali bo'sa Ota Onezi sog'ligi yomonlawkan paytligida (Alloh asrasin) uladan sizzi uzolawtrib qo'ymidi manimca. Yana yaxwilab qaren hammaga o'zi sevgani osmondigi oy bo'p ko'rinadi......?

17 janob 474   (22-Дек-2014 01:26) [Материал]
Yig'lash kerak bo'lsa bir o'ziz yig'laysiz.Kulish kerak bo'lsa hamma ustizdan qo'shilib kuladi gaplarimni uylang manosi juda uzoqlarga yitaklaydi sevgizdi asrang.(yuziningga urilgan shamoldi his qilmasang unda shamoldi nimakeragi bor).Yig'lash kerak bo'lsa bir o'ziz yig'laysiz.Kulish kerak bo'lsa hamma ustizdan qo'shilib kuladi gaplarimni uylang manosi juda uzoqlarga yitaklaydi sevgizdi asrang.(yuziningga urilgan shamoldi his qilmasang unda shamoldi nimakeragi bor).

18 nargiza   (22-Дек-2014 02:40) [Материал]
шу пайтгача севиб турмуш курганларнинг оиласи тинчлигини курмадим улларда хардоим  рашк ва хардоим бир бирида булган шубхалар ёки кайнона карши буладиган холатлар... лекин  шуни билингки  севиб турмуш курмаган ота онасини айтганига теккан инсонлардахам  муаммолар ёк емас енг ассосийси сабр.+сабр=бахт
СЕВГАНИЗГА ТУРМУШГА ЧИКИНГ ВА ЕНГ БАХТЛИ ИНСОН БУЛИНГ ИЛОХИМ СИЗГА БАХТ ТИЛАЙМАН.

19 ифора   (22-Дек-2014 06:53) [Материал]
уйиздагиларни гапига киринг севги откинчи туйгу шахсан мен якин жойга турмушга чикканман лекин уйга тез тез боролмайман енди сиз ойлайверинг аел кишига жудаям кийин турмуш куриш дегани факат ойин кулгудан иборат емас хаел бошка хает бошка яна билмадим юрагизга кулок тутинг хар холда катталар бир нимани билмаса гапиришмайди

20 No ONe   (22-Дек-2014 07:09) [Материал]
judayam oddiy holatdan muammo yasavoribsiz. ha u bolani niyati jiddiy bo`p ketma ket sovchilarini yuborsa mayli turmushga chiqing, lekin hali uydagilari kemaptiku. ota onayizga maslahat soling. u joyni ham ushlab turib, toshkentdagi yigitniyam yaxshilab surishtirishsin. uydagilari kesin, anundan keyin, kimni salom aligi maniliroq bo`sa o`shangada. manam yaqinga tegdim. bitta qizman. lekin erga tegganimdan beri chet elda yashayman. yaqinga tegganimni foydasi yoqku. haqatanam toshkentlik qaynonani surishtiringla. yaxshi  bo`sa sevganizga tegavering. yigit ham yaxshiga o`xshayapptiku. lekin kimni tanlasayizam baxtli bo`lish o`zizni qo`lizda.

21 Позитив   (22-Дек-2014 10:26) [Материал]
Opajon, yOSHIM SIZIKIDAN KICHKINA LEKIN..... aGAR SHU DARAJADA QATTIQ SEVSELA BIR-BIRILANI BOLA YANA BIR MARTA SOVCHI YUBORSIN, ota onez bn ulani ota onasi kelishishga harakat qilib ko'rishsin, balki hammasi silar hohlagandek hal bo'lar. Baribir harakat qilib ko'rish kerak, chunki vaqt o'tgach "O'shanda yana harakat qilib ko'rsam o'hshab qolgan bo'lardi" deb armon qilmaysiz. 
Agar shunda ham ota onez rozi bo"lishmasa, uladan hafa bo'masdan, ulani to'g'ri tushunib, aytgan gaplariga quloq soling! Ula topgan bola ham yaxshiligi aniq, barchasi siz o'ylagandek , murakkab emas. U bola bilan ham hudo hohlasa fikrila harakterila to'g'ri kelib ketadi.
Oilaviy baxtni yaratish asosan ayol kishiga bog'liq, etishadk Erni er qiladigan ham xotin, qaro yer qiladigan ham xotin. 
Sevgi o'tkinchi. Hammasi hali iziga tushib ketadi, xavotir olman Opa)))

22 Nematxon   (22-Дек-2014 12:18) [Материал]
Сингил куйнингизга кулок солинг манам севганимни олганман мен жудайам бахтлиман лекин хайотда хама нарса булади чидай оласизми севгини чидаганга чикарган охиригача кураша оласизми бахтийизга сизга Бахт тилайман сингил

23 Azamat   (22-Дек-2014 15:05) [Материал]
"Yakshanba-muxlis minbari" sahifasidagi eng hal bo'lishi oson hikoya ekan. Chunki sizda hammasi hali oldinda. Hali poezd o'tmagan. Albatta, o'ziz istagan insonga turmushga chiqing. Hammamiz ham hayotdga bir martta kelamiz. Ota-onani, qarindosh-urug'larni o'ylab yaxshi bilmagan odam bilan turmush qura ko'rmang. Baxtli bo'lishga haqqingiz bor!

24 Madina   (22-Дек-2014 15:19) [Материал]
Kop'chilikni fikrini o'qidim.Bu yerda hamma maslahat berganlar hammasi o'z fikrini bayon qilishgan.Sizni o'zingiz nima deyapsiz,yuragingiz nima deyapti?
  Sevgi yoq deganlar ham bor ekan,besh qol barobarmas.Alloh faqat suygan bandalarigagina beradi sevgi-muhabbatni.Dunyodan sevgi nimaligini bilmasdan turib yasahb o'tganlar ham qancha,yashayotganlar ham.
O'ldin-kuydim deb turmush qurvolib,hayotda uchraydigan ozgina qiyinchiliklardan o'tolmasdan,bir-birini ayblayotganlar ham bor,to'ydan bir oz o'tib bir-birini boshidan mag'zava ag'darayotganlar ham bor-bu albatta sevgi emas.Haqiqiy sevgi,Hayot deb atalmish turmushni o'nqir-cho'nqir soqmoqlaridan bir-biriga yelkadosh bo'lib o'tishda bilinadi.To'y bir kunda o'tadi ketadi,keyin esa shu tanlagan odamiz bilan bir umr birga yashaysiz.Siz yoqtirgan odam shunga munosibmi?Szini keyinchalik yuzingizni yerga qaratib qo'ymaydimi?Siz shularni o'ylang.Oat-Onani boylab qo'ymagan.Hamma farzandini baxtini tilaydi.Masalani yana bitta tomon bor yaqinga turmushga chiqib hayotiz yaxshi bo'lmasa ham yomon.Birovdan maslahat so'rayu,lekin o'z bilganingdna qolma degan gap bor.Baribir maslahat so'raganiz bilan o'z bilganizni qilasiz,hamma nasalahatni yurakdan so'ramasdan,sal aqlgayam joy qoldiring.Agar siz tanlagan insonni sevgisi chin bo'lsa masofa hech nima emas.
 To'g'ri tanlov qilasiz deb umid qilaman.Alloh sizni baxtingiz bersin.

25 Nilufar   (22-Дек-2014 15:34) [Материал]
ha

26 Somebody   (23-Дек-2014 06:46) [Материал]
Sevganizga turmushga chiqin, ertaga ota onangiz tanlaganga turmushga chiqsezde hayotiz bumasa bir umir ota onezni ayblab otas. Agar siz etgande sizzi sevsa va tushunsa ota onengizga kere paytda yonlarida bulishingizga imkon yaratib beradi.

27 Врач   (23-Дек-2014 16:49) [Материал]
No ONe изохига 100 % кушиламан. Арзимас нарсадан муаммо ясаворипсизу. Эххе хает жудаям мураккаб. Шуни муаммо кисез энди билмадим. Куз ешлариззи, асвб толалариззи асраб куйинг. Хали жуда керак булади бу бир кам синовли дунеда. Ота онани айтганидан чикмасангиз кам булмайсиз. Севги яхши киз мен сизга айтсам туйдан кегин булади. Хозирги улдим куйдимлариз хавасдан бошка нарса эмас

28 Умид   (24-Дек-2014 14:54) [Материал]
Сиз дуч келган масала муаммо эмас. Шукр қилинг, уйингиздан совчилар узилмаяпти экан... Аввало, севган йигитиз (ростан севги бўлса бу) совчи жўнатсиз, катталар жам бўлиб ўзаро гаплашиб олишсин. Ким билсин, ҳали у йигитнинг ота-онаси сизни олиб беришга розими-йўқми? 
Яна бир гап: сиз у йигит билан тасодифан учрашиб, танишиб... қолгансиз. У шахс сифатида яхшидир, лекин оилавий муҳити қандай, буни биласизми?
Ҳамма гап йигитда қолган. Совчи жўнатиб, яқинларингизни нияти жиддий эканлигига, сиз билан бахтли яшай олишига ишонтирсин. Меҳр кўзда дейишади, балки икки тараф бир-бирига маъқул келиб қолар... шунда ота-онангиз айтар: ...да шундай куёвимиз бор экану билмай юрган эканмиздааааааааа))) деб. Бахти бўлинг!!!

29 Farhod   (26-Дек-2014 02:54) [Материал]
Menimcha buni bunchalik ôylash kerkmas chunk siz qarorizda qatiy tursangiz albatta buyogi yaxshi bôladi.Faqatgina bir birini sevganlargina bir birini tushinadi.SILARGA BAXT TILAYMAN

30 Obidjon   (30-Дек-2014 12:41) [Материал]
Бу вокеа хозирги замонда куп учрайдиган нарсалар. "Инсон" дегани "унутувчи" дегани. сиз севганизга ёки ота-онангиз хохлаганга хам турмушга чиксангиз хам. хаммаси унутилиб кетади. Аллох бандаларига кутара олмайдиган гам-ташвиш ва хурсандчилик бермеди. Бу билан ота-онангиз хохлаганга турмушга чиксез хам, сочизи юлишга арзимеди. албатта хаммаси такдирдан.

dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Исмингиз *:
Email(шартмас):
Код *:

Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

YUQORIGA!