[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Форумистон » Sayyod.com » Эътироз ва таклифлар » Forum qoidasi! ((beta versiya))
Forum qoidasi!
GiyosСана: Чоршанба, 16-Янв-2013, 21:03 | Изох # 1
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Umumiy Qoidalar

Ushbu qoidalar forumning barcha bo'limlarida amal qiladi. Forumning alohida bo'limlarida esa, ularning alohida o'z qoidalari mavjud bo'lishi mumkin, va birinchi navbatda mazkur qoidalar doirasida ish yuritiladi. Shuningdek quyida keltiriladigan qoidalar esa umumiy qoidalar sifatida o'z kuchida qoladi.
Forumda qulay, samimiy va konstruktiv(mustaxkam, keng ko'lamli) suhbat muxitini yaratish maqsadida quyidagi qoidalar kiritildi. Agarda Sizni forumdagi suxbat jarayoni va ko'rinishi qoniqtirmasa ushbu konferensiya(suxbat)da qatnashmang.
I.Foydalanuvchilarni qayd etish (Registratsiya)
1. Foydalanuvchi forumda qayd etilarkan, mazkur Qoida bandlarini bajarishni o'z bo'yniga oladi.
2. Forumda qayd etilish uchun Foydalanuvchi(user) haqiqiy mavjud bo'lgan elektron pochtani taqdim etishi kerak. Biz foydalanuvchi tomonidan taqdim etilayotgan axborotlarning sir saqlanishiga kafolat beramiz.
3. Foydalanuvchi ismi(Nickname) tanlash huquqi bu Sizning shahsiy huquqingiz hisoblanadi. Agarda siz tanlagan Nickname umumma'naviy va etika qoidalariga xilof bo'lsa, o'zga userlarga nisbatan xaqoratomuz bo'lsa Rahbariyat bir tomonlama ushbu Nickname faoliyatini to'xtatish xuquqiga ega. Forumda mavjud bo'lgan nicknamega o'xshash nicknameni registratsiya (forumdoshlarda anglashmovchilikka olib kelishi sababli) qilish ham ta'qiqlanadi.(Bunda sistema avtomatik ravishda nickname yoniga istalgan sonlarni qo'shib qo'yadi).
4. Qaysi maqsadda registratsiya qilinishidan qat'iy nazar bir user tomonidan qayta-qayta profil ochish ta'qiqlanadi. Bu qoidabuzarlik holati o'ta jiddiy bo'lib, bu o'z navbatida mazkur userning barcha profillarini bloklanishiga olib keladi.
5. Bundan tashqari profilga rasm (avatar) tanlayotganda quydagilarni qo'ymasligingiz so'raladi: ahloqsiz rasm, rasmda har qanday o'zga saytlarni nomi bo'lsa. (Bu holatdagi profillar forumdan chetlatiladi).
II. Forumda o'zini tutish tartibi.
1. Forumda suhbatlashish umumma'naviy, axloqiy va etika qoidalari doirasida quriladi.
2. Forumda senzurasiz, haqoratli, kamsitish so'zlarini qaysi ko'rinish (ayrim harflarni son va belgilar bilan alishtirib)da va qaysi userga nisbatan ishlatilishidan qat'iy nazar ta'qiqlanadi. Bundan tashqari mahalliychilik, millatchilik, salbiy va dinniy targ'ibot olib borish, siyosiy mavzularda suhbatlar olib borish qatiyan taqiqlanadi va usha user forumdan chetlatiladi.
3. Reklamaning barcha ko'rinishlari mutlaqo ta'qiqlanadi. O'zga web-saytlar, internet loyihalar ham shular jumlasidandir(Rahbariyat bilan oldindan kelishilgan loyihalar bundan mustasnodir)
4. Forumdagi Sizning imzoingiz(podpis) 2 qatordan oshmasligi kerak! Qo'yiladigan rasmingizni hajmi katta bo'lmasligi kerak! Unga Forum uchun chiqarilgan mazkur Qoidalar ham tegishlidir.
III. Izohlar qoldirish.
1. Mavzu nomi o'rtaga qo'yilayotgan muammoning asl mohiyatini maksimal darajada aniq va ravshan ochib berishi lozimdir.
2. Yangi mavzu(Tema) ochishdan avval ,ushbu mavzu forumning umumiy qoidalariga mos kelishi va forumda oldin mavjud bo'lmaganligiga ishonch hosil qiling (yoki moderatorlar bilan maslahatlashing). Qayta ochilgan ma'no maqsadi bir xil bo'lgan mavzular o'chiriladi.
3. Har xil bo'limlarda bir xil nomli va ma'noli mavzu ochish hamda, har xil mavzularda bir xil izoh qoldirish ta'qiqlanadi.
4. Izohlar qoldirishda grammatik xatolarga yo'l qo'ymaslikka harakat qiling. Bu holat – o'zga userlarning Siz haqizda salbiy fikr kelib chiqishiga sabab bo'lishiga olib kelishi mumkin.
IV. Foydalanuvchi va rahbariyat o'rtasidagi munosabat.
1. Forum rahbariyati o'z xatti-harakatlarini forum ichki qoidalariga ko'ra amalga oshiradi.
2. Rahbariyat(Rahbar va moderatorlar) harakatlarini forumning istalgan bo'limida muxokama qilinishi mutlaqo ta'qiqlanadi. Forumning faoliyat olib borishi haqidagi bo'limi bundan mustasnodir.
Rahbariyat mazkur Qoidalarga o'zgartirish xuquqini o'zida saqlab qoladi. Qoidalarga o'zgartirish kiritishdan oldin, forum a'zolari bu haqida oldindan ogohlantiriladi. Forum qoidalariga kiritilayotgan o'zgartirish va yangilanishlar forum foydalanuvchilarining qiziqishi va fikriga qarab kiritiladi.


Sog' salomatlik...
 
SayyodСана: Пайшанба, 17-Янв-2013, 18:07 | Изох # 2
Рахбар
Гурух: РАХБАРИЯТ!
Изохлар: 1167
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Шахло, Камолиддин ва бошқа барча модерлар танишиб фикр билдиришлари ва қўшимча ёки таклиф бўлса ёзишлари сўралади.

Форумда бахс ва тортишув бўлиши оддий хол, лекин бу форум бир оиладек бўлиш ниятида очилганини унутмайлик!
 
Anv@rbekСана: Жума-муборак кун!, 18-Янв-2013, 01:42 | Изох # 3
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
Yuqoridagi "Forum qoidalari"ni man ruscha variantidan qo'ldan kelganicha tarjima qilgan edim.
Moderatordoshlarim sizlar ham fikr bildirilar.
Yana bir band qo'shish kerak:
1)Forum va sayt loyixalari muxokamasi faqatgina forumda, yoki maxsus uchrashuv + yig'ilishlarda muxokama qilinishi kerak.
2)"Universal fanat"lar ya'ni kim hamma fan-clublarga a'zo bo'lgan userlarimiz bizning sayt loyixalarimiz saytda ommaviy e'lon qilinmasligidan oldin, o'zga fan-clublarga shu narsa haqida habardor qilmaslik. (Sotqinga o'lim biggrin )



 
writerСана: Шанба, 19-Янв-2013, 13:47 | Изох # 4
Рахбар муовини
Гурух: VIP
Изохлар: 732
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 565
Холати: Хозир йўқ
Бу қоидалар шахсан менга форум очилган пайтидаги ёзилиши керак бўлган қоидалардек туюлди)) Ўта умумий. Бу қоидалар юзерларда шаклланган ва янги келганларга балки ёрдам берар. Бизга энди Фан Клубга оид қоидалар керакдек. Форумнику ўзига яраша камчиликлари ва булар мана қоидалар ёрдамида тўғриланяпти хам. 

ФанФорумимизда эса, муаммо кўп. Команда йиғилишни ўрнига группачалар хосил бўлмоқда!
Рахбар сифатида эътирозларим жуда кўп. 

 1 февраль куни Қон топшириш акциясида хар бир ФанФорум аъзоси қатнашиши шарт. Бу лойихамизнинг ўта мухимлигидан ташқари, хал этиладиган масалар жуда кўп. 

Форум қоидалари умумий, ишлаши давомида тўлдирилиб боради, фикримча.


Мамааааа????!!!!! ))))))))))))

ржу не могу))))
 
Anv@rbekСана: Пайшанба, 14-Фев-2013, 01:40 | Изох # 5
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
Oxirgi vaqtlarda Chat oxirlab borishi jarayonida ayrim userlarimiz tomonidan chatni tez to'ldirish maqsadida, xuda behudaga oddiy xarf, raqam, yoki smaylik qo'yib, chat to'ldirish odat tusiga kirib qolmoqda.
Shu borada ham cheklov ishlab chiqarilishi tarafdoriman.



 
SayyodСана: Пайшанба, 14-Фев-2013, 03:13 | Изох # 6
Рахбар
Гурух: РАХБАРИЯТ!
Изохлар: 1167
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Цитата (Anv@rbek)
Oxirgi vaqtlarda Chat oxirlab borishi jarayonida ayrim userlarimiz tomonidan chatni tez to'ldirish maqsadida, xuda behudaga oddiy xarf, raqam, yoki smaylik qo'yib, chat to'ldirish odat tusiga kirib qolmoqda. Shu borada ham cheklov ishlab chiqarilishi tarafdoriman.

қўллаб қувватлайман.
шунчаки смайл, рақамлар ўчирилсин.


Форумда бахс ва тортишув бўлиши оддий хол, лекин бу форум бир оиладек бўлиш ниятида очилганини унутмайлик!
 
Форумистон » Sayyod.com » Эътироз ва таклифлар » Forum qoidasi! ((beta versiya))
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск: